Oxirgi yangilanish: 2026-11-22
Ushbu siyosat Gilam Market (operator — "FIRDAVS-ZOHID SAVDO" MChJ) gilam-market.uz sayti, GRM tizimi hamda Instagram, Facebook va Telegram sahifalarimiz orqali olinadigan shaxsiy ma'lumotlarga taalluqli.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Buyurtma va so'rovlarda: ism, telefon raqami, yetkazib berish manzili, buyurtma tarkibi.
Instagram va Facebook sahifalarimizda: bizga yozilgan izohlar va xabarlar, foydalanuvchi nomi (username) va ochiq profil ismi, xabarda o'zingiz qoldirgan telefon raqami.
Saytdan foydalanishda: anonim statistika (Yandex Metrika, Google Analytics) — sahifalar, qurilma turi, taxminiy hudud.
2. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
Savollaringizga javob berish, buyurtmani rasmiylashtirish va yetkazib berish.
Izoh yoki xabarda xarid niyatini bildirgan mijozni sotuv operatoriga yo'naltirish (lid sifatida).
O'z sahifalarimiz statistikasini tahlil qilib, xizmat va kontent sifatini yaxshilash.
Ma'lumotlar reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
3. Sun'iy intellekt va xizmat ko'rsatuvchilar
Xabarlarni tasniflash va javob loyihasini tayyorlash uchun sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanamiz. Ularga faqat shu vazifa uchun zarur matn uzatiladi; xizmat ko'rsatuvchilar bu ma'lumotni o'z maqsadlarida ishlatmaydi.
Meta Platforms (Instagram, Facebook) ma'lumotlari faqat Meta Platform qoidalariga muvofiq ishlatiladi.
4. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi, kirish faqat vakolatli xodimlarga ruxsat etilgan.
Xabar va izohlar lid bilan ishlash tugaganidan keyin ko'pi bilan 12 oy saqlanadi, buyurtma ma'lumotlari esa qonunchilik talab qilgan muddat davomida.
5. Sizning huquqlaringiz
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Tartib "Ma'lumotlarni o'chirish" sahifasida yozilgan.
"FIRDAVS-ZOHID SAVDO" MChJ
O'zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kox Ota MFY, Labzak ko'chasi, 103-uy
STIR: 301758598
Telefon: +998 97 766 33 99